Hujumga uchragan bankomatlardan 1,5 million AQSH dollari oʻgʻirlandi

    Ushbu qurilmalar 40dan ortiq turli kriptovalyutalarni sotib olish, sotish uchun moʻljallangan boʻlib, masofaviy “CAS” server tomonidan boshqariladi.

    “General Bytes”ning “Bitcoin” kripto ishlab chiqaruvchi bankomatlari hujumga uchrab, 1,5 million AQSH dollar oʻgʻirlandi.

    Kriptovalyuta bankomatlari ishlab chiqaruvchi “General Bytes“kompaniyasining ”batm" platformasidagi zaiflikdan foydalanib, xakerlar kompaniyaning kriptovalyutalarini oʻgʻirlagan.

    Chexiya kompaniyasi “General Bytes” dunyoning 120dan ortiq mamlakatlarida 15.000dan ortiq kriptovalyuta bankomatlariga egalik qiladi va faoliyat koʻrsatadi.