Festivalda baxshilar oʻrtasida koʻrik-tanlovlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar, xorijiy va Oʻzbekiston sanʼati ustalari hamda baxshi-shoirlar konsertlari oʻtkaziladi.
Shuningdek, sayillar, baxshichilik sanʼati tarixiga oid koʻrgazma, oʻzbek, fors, arab, ingliz va rus tillarida nashr etilgan ilmiy-tadqiqot asarlar hamda ilmiy-maʼrifiy adabiyotlar namoyishi boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Mazkur sanʼat bayramida baxshilarimiz qatorida 37 ta havaskor jamoalar ham qatnashishga hozirlik koʻrmoqda.