Ijaraga ajratilgan yerni 100 ming AQSH dollariga sotmoqchi boʻlgan firibgarning rejasi “oʻxshamadi”

    U 590 mln so'mni firibgarlik yo'li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Fuqaro A.B. Qashqadaryo viloyati IIB JQB yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo'linmasiga qilgan murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o'tkazildi.

    Tadbir jarayonida fuqaro M.M. Koson tumani "Gulbog'" mahallasi hududidan tuman hokimining qarori bilan “G'.A” fermer xo'jaligiga 49 yil muddatga ijara huquqi asosida ajratilgan 50 gektar yer maydonini 100 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, kelishilgan puldan 590 mln. so'mini ariza muallifidan firibgarlik yo'li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Departamentning Koson tumani bo'limi tomonidan M.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.