Joriy yilning 21-noyabr kuni taxminan soat 22.30 larda Mirobod tumani Nukus va Avliyoota ko‘chalari chorrahasida 1998 yilda tug‘ilgan B.B. boshqaruvidagi Hyundai sonata rusumli avtomobilda piyodani urib yuborgan. Natijada piyoda 1982-yilda tug‘ilgan F.K. shifoxonaga olib borilganda, shifokorlarning sa’y harakatlarga qaramay vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.









