Mazkur holat yuzasidan Fargʻona viloyati IIB maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, 2025-yilning 31-dekabr kuni soat 23:55da Qoʻqon shahar A.Charxiy koʻchasida “Yangi yil” bayramini nishonlash maqsadida yoʻlning qatnov qismida shu yerda yashovchi fuqarolar chiqishib, “mushakbozlik” uyushtirmoqchi boʻlishgan.
Shundan soʻng, oʻz vaqtida koʻrilgan chora tadbirlar natijasida jamoat tartibi, harakat xavfsizligi taʼminlangan va huquqbuzarlarning shaxsi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.
“Tarqalgan xabarlardagi kabi avtomashina yoqib yuborilgani holati sodir boʻlmagan va bu haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Fuqarolardan asossiz xabarlar ortidan nooʻrin xulosaga bormasliklarini soʻraymiz”, — deyiladi munosabatda.