Maʼlumki, Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan 2020-yilning aprel oyida “Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq, yurtimizda COVID-19 koronavirusining tarqalishini oldini olish maqsadida belgilangan karantin chora-tadbirlariga koʻra kinotaqdimotni oʻtkazish nomaʼlum muddatga qoldirilgan edi.
Bugun Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi boshqaruv kengashi aʼzolari, hamda gildiyalar yetakchilari ishtirokida ushbu masalada yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilish davomida “Oltin Humo” milliy kinotaqdimotini yuqori darajada oʻtkazish masalasi ; saralash komissiyasi va hakamlar xayʼati tarkibi masalasi; turli tashkiliy masalalar muhokama qilindi.