Kafil kreditor oldida qarzdor bilan baravar javob beradimi?

    Fuqarolik kodeksining 293 moddasida kafilning javobgarligi toʻgʻrisida koʻrsatib oʻtilgan.

    Yaʼni, qarzdor kafillik bilan taʼminlangan majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, kafil va qarzdor kreditor oldida solidar (yaʼni bir xilda) javob beradi.

    Agar, kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kafil kreditor oldida qarzdor bilan baravar hajmda javob beradi.

    Fuqarolarga eslatma: kimgadir kafil boʻlishdan oldin yaxshilab oʻylab koʻring. Chunki Siz olinayotgan mablagʻni foizi bilan qaytarishga qarzdor safida teng masʼuliyatni olasiz.

    Ushbu kredit toʻlovidagi uzilishlar, cizning ham kredit tarixingizga salbiy taʼsir koʻrsatashini esda tutish kerak. Bu haqida AOKAda Oʻzbekiston Banklari Assotsiatsiyasi tomonidan oʻtkazilgan brifingda aytib oʻtildi.