Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, Samarqand viloyatida esayotgan kuchli shamol natijasida soat 8:00 holatiga ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni taʼminlash maqsadida oʻchirildi.
Buning natijasida Samarqand shahri, Jomboy, Urgut, Tayloq, Pastdargʻom va Oqdaryo tumanlarining ayrim hududlarida jami 3250 ta isteʼmolchining elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Hududda kuchli shamol esishi pasaygandan soʻng elektr taʼminoti qayta tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun istemolchilardan uzr soʻraymiz.