Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Latviya oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, jumladan, parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Latviya Respublikasi tashqi ishlar vaziri E.Rinkevich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan mintaqaviy siyosatga, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash borasidagi saʼy-harakatlarga yuqori baho berdi.

Uchrashuvda soʻnggi yillarda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar barqaror rivojlanib borayotgani bilan ajralib turganiga urgʻu berildi. Shu bilan birga, koʻplab sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish uchun mavjud katta salohiyatdan foydalanish zarurligi taʼkidlandi.

Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi jadal ikki tomonlama siyosiy muloqot va faol, koʻp qirrali hamkorlik konstruktiv va bunyodkorlik xususiyatiga ega ekanligi taʼkidlandi.

Tomonlar barcha yoʻnalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishda muhim oʻrin tutadigan mamlakatlar oʻrtasidagi parlamentlararo aloqalarni yanada chuqurlashtirishdan, shuningdek, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalda roʻyobga chiqarishdan oʻzaro manfaatdor ekanini tasdiqladi.

Oliy Majlis Senati

Axborot xizmati.