O'zbekiston xalq hofizi Muhammadjon Karimovga tegishli bo'lgan buyumlar shogirdi Abdumutal Yusupov tomonidan O'zbek milliy maqom san'ati markazi muzeyiga topshirildi.

Ular orasida hofiz ashulalarining audio va video yozuv disklari, qo'llanmalar, arxiv suratlar, musiqa yozuv asboblari mavjud.

Ma'lumot uchun, Muhammadjon Karimov 1919-yil 20-iyunda Toshkent shahrida tavallud topgan. Mumtoz yo'lda yaratilgan va ijro etilgan ashulalari bilan xalqimiz orasida mashhur bo'lgan.

Mumtoz ashula hamda maqom ijrochiligida o'chmas iz qoldirgan. Ayniqsa, "Bayot", "Ushshoq", "Chorgohi Qalandar", "Savti Suvvora", "Munojot" ashula yo'llarini mukammal ijro etgan.