Unda Oʻzbekistonning turli viloyatlari - Buxoro, Samarqand, Namangan, Toshkent viloyati rassomlari tasviriy sanʼatning turli yoʻnalishlari - rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik asarlarini tomoshabinlar eʼtiboriga taqdim etishdi.
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari - Vladimir Burmakin, Yanis Salpinkidi, Alisher Mirzo, Fayzulla Axmadaliyev, Gʻofur Qodirovlar oʻz uslubiy yoʻnalishlariga sodiq qolgan holda, oʻzlarining professional mahoratlarini yuqori sifatlarini yana bir bor namoyish qildilar.
Koʻrgazmada, shuningdek, ijodiy izlanishda boʻlgan mamlakatimizning yosh rassom vakillaridan - Dilshod Vahobov, Rushana Alimova, Marjona Turabekova, Aziz Teshaboyevlar sanʼatning turli sohalarida erishilgan yutuqlarni transformatsiya va tahlil qilib yaratgan asarlari namoyish etilmoqda.