Shuningdek, boshqarmadagi mavjud barcha kompyuterlar va tegishli tarmoq qurilmalari “Oʻzbekneftgaz”AJ korporativ tarmogʻiga ulandi va internet bilan taʼminlandi.
Bundan tashqari, binoning server maydonchasiga “6U” turidagi kommunikatsiya shkafi montaj qilindi. Raqamli IP ATS “Grandstream UCM6302” telefon stansiyasi oʻrnatildi va “Grandstream GXW4232 VoIP” shlyuzi sozlandi.
“Shoʻrtan” koni, “Betman” va “Nishon” Siquv kompressor stansiyalari binolariga “Grandstream HT814”, “Grandstream HT818”, qurilmalari oʻrnatildi.
Shu bilan birga, boshqarma maʼmuriy binosi hududida joylashgan binolar oʻrtasida optik tola aloqa oʻrnatilishi boʻyicha tarmoq chizmasi loyihasi, binolarda mavjud tarmoq nuqtalari sxemalari ishlab chiqildi.
Kelgusida “Oʻzbekneftgaz”AJ Boshqaruv apparati maʼmuriy binosi hamda barcha neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari obyektlarida texnologik jarayonlarni onlayn nazorat qilish va kuzatish maqsadida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni bosqichma-bosqich amalga oshirish rejalashtirilgan.
"Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati