Ma'lum bo'lishicha, olib borilgan tadbir davomida uch nafar fuqaro tomonidan noqonuniy ravishda 216 dona baliq ovlangan. 

Huquqbuzarlar ovlangan 218,5 kg baliqlarni ovlash uchun tegishli tashkilotlardan hech qanday hujjatlar rasmiylashtirilmagan. Buning natijasida  61 mln. 530 ming so'm miqdorida tabiatga zarar yetkazilganligi ma'lum bo'lgan.

Boshqarma axborot  xizmati rahbarining qo'shimcha qilishicha, ayni vaqtda holat bo'yicha to'plangan hujjatlar surishtiruv ishlarini olib borish uchun tegishli idoralarga topshirilgan.