Buning uchun AQSH shifoxonalarida davolanayotgan 150 ming bemor maʼlumotlari tahlil qilindi hamda ularning 80 foizida ortiqcha vazn muammosi mavjudligi oʻz isbotini topdi. Vazni meʼyorda boʻlgan bemorlarda esa kasallik aksariyat holda yengil kechgani aniqlandi.

Bu holat tibbiy nuqtayi nazardan tushunarli. Gap shundaki, ortiqcha vazn yurak xastaligi va qandli diabetning yuzaga kelishiga, bu esa, oʻz navbatida, koronavirusning ogʻir kechishiga sabab boʻladi.