Brifingda Fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folk`lori instituti tomonidan o'zbek tilini rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma'lumot berildi. Tadbirda qayd etilganidek, o'zbek tilining mavqeini tubdan oshirish, mamlakatimizda davlat tilini to'laqonli joriy etishni ta'minlash maqsadida Davlatimiz rahbari tomonidan bir nechta qonun-hujjatlari imzolandi. Mazkur hujjatlar ijrosi bo'yicha Fanlar akademiyasi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
“O'zbek tili sinonimlarining katta izohli lug'ati”ni yaratish va nashr etish bo'yicha Fanlar akademiyasi ishchi guruhi tuzildi. Hozirgi kunda mavjud bo'lgan lug'atlarni o'rganib, tahrirlab hamda badiiy asarlardan sinonimlarni va unga oid misollarni izlash davom etmoqda. “O'zbek tilining izohli lug'ati”ning lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosidagi to'ldirilgan yangi nashri mazkur lug'atning lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosidagi dastlabki nashri hisoblanadi. Hozirgi kunga qadar lug'atni tayyorlash yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “UNICON.UZ” – Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasi tomonidan nashrga tayyorlangan “Sun'iy intellektga oid atamalarning o'zbekcha-ruscha izohli lug'ati” Fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti tilshunos olimlari tomonidan tahrir qilinib, tegishli tavsiyalar UNICON.UZ tashkilotiga taqdim etildi va lug'at qayta ko'rib chiqilmoqda. “O'zbek tilining o'quv imlo lug'ati” hamda “O'zbek tilining katta imlo lug'ati” nashrga tayyorlandi.
Hozirgi kunda “O'zbek tili sinonimlari lug'ati” bo'yicha mavjud bo'lgan lug'atlar o'rganilib, tahrirlanmoqda hamda badiiy asarlardan sinonimlarni va unga oid misollarni izlash davom etmoqda.