“Oʻzbekneftgaz”: yanvar-may oylarida 288,9 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarildi

    Respublika isteʼmolchilariga 267,7 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirilgan boʻlib, amalda 277,6 ming tonna, rejaga nisbatan 103,7% (oʻsish surʼati 107,2%) yetkazib berildi.

    Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish” boshqarmasi va Muborak gazni qayta ishlash zavodi(Muborak GQIZ)da mavjud propan-butan aralashmasini ajratib olish qurilmalarini modernizatsiya qilish, Muborak GQIZ hamda Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida yangi qurilmalarni ishga tushirish investitsiya loyihalarni amalga oshirish hisobidan joriy yilda 652,7 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

    2022-yilning yanvar-may oylarida “Oʻzbekneftgaz” AJ tasarrufidagi neft va gaz qazib chiqarish, qayta ishlash boshqarma va korxonalarida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish reja koʻrsatkichi 270,5 ming tonna belgilangan boʻlib, amalda 288,9 ming tonna rejaga nisbatan 106,8% (oʻsish surʼati 109,8%) ishlab chiqarildi.

    Shuningdek Respublika isteʼmolchilariga 267,7 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirilgan boʻlib, amalda 277,6 ming tonna, rejaga nisbatan 103,7% (oʻsish surʼati 107,2%) yetkazib berildi.

    Shu bilan birga birinchi navbatda aholining maishiy ehtiyoji va ijtimoiy soha obyektlari uchun “Hududgaztaʼminot” AJning hududiy gaz taʼminoti filiallariga suyultirilgan gaz mahsuloti kelishilgan jadvallar asosida 249,6 ming tonna (oʻsish surati 102,4%) yetkazib berildi.

    Xususan, aholi va kommunal soha obyektlarini suyultirilgan gazga boʻlgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan ushbu loyihalar natijasida gazni qayta ishlash zavodlaridagi gaz tarkibidan propan-butan aralashmalari ajratib olish qurilmalarining quvvatlari oshirilmoqda.

    2019-2022-yillarda aholining maishiy ehtiyoji va ijtimoiy soha obyektlari uchun “Hududgaztaʼminot” AJning hududiy gaz taʼminoti filiallariga yetkazib berilgan suyultirilgan gaz miqdorlari taxlili quyidagilarni tashkil etadi.

    “Oʻzbekneftgaz” AJning boshqarma va korxonalari tomonidan suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatlarini yanada oshirish va Respublikaning barcha turdagi isteʼmolchilariga belgilangan miqdorlarda uzluksiz yetkazib berish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

    “Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati