Buning uchun tegishli ko'rsatmaga muvofiq, D vitamini qabul qilish zarur.
Tadqiqotda ishtirok etgan ko'ngillilar olti oy davomida odatdagi me'yordan ko'proq dozada mazkur darmondorini qabul qildi. Yаkunda ushbu muolaja qandli diabet rivojlanishiga moyilligi bo'lgan va oz muddat avval ushbu kasallikka chalingan bemorlarda yaxshi samara berishi aniqlandi.
Ammo ko'p yillardan beri xastalikdan aziyat chekib kelayotganlar salomatligida D vitamini natijasida sezilarli o'zgarish kuzatilmadi. Olimlar fikricha, bunday bemorlarda metabolik funktsiyaning yaxshilanishini qiyin kechishi tabiiy. Ijobiy ko'rsatkichga erishish uchun yanada ko'proq vaqt talab etilishi mumkin.
Shuningdek, qandli diabet bilan og'rigan va unga moyilligi bo'lganlar maxsus ovqatlanish ratsioniga qat'iy amal qilib, jismoniy faol turmush tarziga odatlanishlari zarur.