Oʻ.Ostanov 1982-yilda Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2003-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
U mehnat faoliyatini 2003-yilda Adliya vazirligi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimida boshlagan, 2003-2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida turli lavozimlarda ishlagan.