Mutaxassislar turli xil hududlarda yashovchi 54 ming kishini qamrab olgan 24 ta tadqiqotni tahlil qildi. Ular qon bosimi farqlari bilan o'n yil ichida qon tomiri  va yurak xuruji tufayli yuz bergan o'lim holati sonini taqqosladi.

Natijada yurak-qon tomir kasalliklari va ulardan vafot etish xavfi bilan chap hamda o'ng qo'llardagi qon bosimining farqi o'rtasidagi bog'liqlikni aniqlandi.

Shunday qilib, besh millimetr simobdan yuqori bo'lgan farq yurak-qon tomir kasalliklarining og'ir oqibatidan xabar berishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Shu bilan birga, hatto bir millimetr simobning farqi kasalliklarga chalinish xavfini bir foizga oshiradi. Ta'kidlanishicha, bu shifokorlarga yurak-qon tomir kasalliklarining birlamchi profilaktikasi to'g'risida qaror qabul qilishda yordam berishi mumkin.