Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, mazkur filmda davlatimiz rahbarining yoshlar siyosatida amalga oshirgan islohotlari haqida soʻz boradi.

Soʻnggi yillarda yoshlarning, ayniqsa, chekka hududlardagi yoshlarning hayotida qanday oʻzgarishlar boʻldi? Ularning qaysi muammolari yechildi va qaysi birlari saqlanib qolmoqda... “Strategik kuch” filmidan shu kabi savollarga javob olish mumkin.

Filmda qator yoʻnalishlar kabi yosh kadrlar zaxirasini shakllantirish, sohada amalga oshirilgan islohotlar, yosh rahbarlarning davlat boshqaruviga yangi kuch boʻlib kirib kelishi haqida ham soʻz boradi.

Mamlakatimizning oltin fondi, strategik kuchi, qudratli toʻlqini boʻlgan yoshlar haqidagi filmni ushbu havola orqali tomosha qilib, sohaga oid fikr-mulohazalaringizni qoldirishingiz mumkin.