Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida yashovchi 19 yoshli A.A. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan A.A., jabrlanuvchi (ayol) K.A. bilan “Telegram” messenjeri orqali o‘zini “Adыl” deb tanishtirib, uni yaxshi ko‘rib qolganligini, kelgusida unga uylanish maqsadi borligini aytib, ishonchiga kirish orqali uning turli fotosuratlari va behayo videotasvirlarini qo‘lga kiritib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan va tarqatmaslik evaziga dastlab, naqd 100.000 so‘m, so‘ngra o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga 25 000 so‘m, hamda 225 000 so‘m pullarni o‘tkazib olganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.A.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.