Toshkent viloyatida o'tgan 9 oyda davlat xizmatlari bo'yicha 10 mingdan ortiq qonunbuzilishi holatlari aniqlandi

    Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan vakolatli tashkilot va korxonalarning davlat xizmatlarini ko'rsatish sohasidagi faoliyati o'rganilganda, ayrim tashkilotlar faoliyatida tizimli muammolar va qonunbuzilishlar aniqlandi.

    Xususan, joriy yilning o'tgan to'qqiz oyida xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlarda 61 marotaba o'rganish, jumladan, 22 tasi murojaatlar asosida va 39 marotaba monitoring tadbirlari o'tkazildi. Unda vakolatli organlar tomonidan davlat xizmatlari ko'rsatilishida 10 mingdan ortiq qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

    Bularning 6 ming 834 tasida muddat buzilgan bo'lsa, 95 ta holatda murojaatlar asossiz rad etilgan. 3 ming 293 ta davlat xizmatlari ko'rsatilishiga oid boshqa qonunbuzilish holatlari aniqlanib, mas'ul shaxslarga nisbatan ta'sir choralari qo'llanilgan. Qonunbuzilish holatlari idoralar kesimida tahlil qilinganda hokimliklar tomonidan 3 ming 526 ta, kommunal xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar tomonidan 3 ming 153 ta, Qurilish vazirligining hududiy tuzilmalari va Davlat kadastrlar palatasi hududiy tuzilmalari tomonidan 1 ming 236 ta qonunbuzilishi holati aniqlangan.

    Shuningdek, 187 ta sog'liqni saqlash sohasida, 101 tasida soliq organlari tizimida, 2 ming 236 tasida esa boshqa xizmat ko'rsatuvchi idoralar tomonidan qonunbuzilish holatlari qayd etildi.

    Boshqarma tomonidan vakolatli idoralarga 485 ta ogohnoma, 70 ta taqdimnoma kiritildi. 107 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 2 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 121 nafar shaxsga nisbatan ma'muriy jazo choralari qo'llanildi.

    Abbos Ahmedov,

    Toshkent viloyati adliya boshqarmasi

    bo'limi boshlig'i