Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Yashnobod tumangaz” taʼminoti boʻlimining “Aholi isteʼmolchilar bilan ishlash” xizmati boshligʻi F.X. fuqaro B.ning xonadonidagi gaz sarfi qarzdorligi uchun hisoblangan 4 mln soʻm penyani qayta hisob-kitob qilish orqali yoʻq qilib berish evaziga pora talab qilib, oʻz xizmat xonasida 2,5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.