“Bu yerda koʻproq ijtimoiy omillar rol oʻynaydi. Issiq harorat, quyoshning charaqlashi, ultrabinafsha nurlarining koronavirus infeksiyasining avj olishiga hech qanday taʼsiri yoʻq”, deydi u.

Nikolay Nikitin issiq havo harorati COVID-19 mutatsiyasiga bilvosita taʼsir koʻrsatishi mumkinligini ham qayd etdi. Yaʼni issiq ob-havo sharoitida odamlar dala hovliga yoʻl olishadi. Bu odamlarning sovuq paytlarga nisbatan kasallikni bir-biriga yuqtirish xavfini kamaytiradi.

Shunday boʻlsa-da, issiq havo harorati koronavirusga chalingan hamda surunkali kasalliklari bor odamlarga salbiy taʼsir koʻrsatishini taʼkidladi u.

“Bu birinchi navbatda qon aylanish tizimida muammosi bor yoki yurak bilan bogʻliq kasalliklarga chalingan insonlarga taalluqli. Issiq havo harorati ular uchun qoʻshimcha yuklama beradi, oqibatda kasallik ogʻir kechishi mumkin”, deya qoʻshimcha qildi u.