Mamlakatimiz toʻqimachilik sanoatida mahsulot ishlab chiqarish, investitsiyalar jalb qilish, yangi korxona va ish oʻrinlarini tashkil etish, ayollar va yoshlarni ish bilan taʼminlash borasida qator yutuqlarga erishilmoqda.
Bugungi “Oʻztoʻqimachiliksanoat”uyushmasi mahsulot eksport qilishda ham yetakchi oʻrinni egallab turibdi.
2020-yilda pandemiya boʻlganiga qaramay, soha korxonalari chet elga 1,9 milliard dollarga teng mahsulot eksportni amalga oshirgan edilar.
2021-yilning ilk 8 oyining oʻzidayoq bu koʻrsatgich 1 913,7 million dollarni tashkil qilib, mamlakatimiz umumiy eksport hajmining 26%i soha hissasiga toʻgʻri keladi.
Yil yakuniga qadar 3,05 milliard dollarlik eksport qilinishi kutilmoqda.
Feruza Muxtorovna