1-apreldan Nukus – Beyneu – Nukus yoʻnalishida poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

    Transport 18 Mart 2022 3072

    “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Qazaqstan temir jolы” MK” AJ bilan kelishilgan holda joriy yilda Qozogʻiston Respublikasiga birinchi yoʻlovchi poyezd harakati tashkil etadi.

    2022-yil 1-apreldan boshlab Nukus – Beyneu – Nukus yoʻnalishidagi 647/648-sonli poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

    Ushbu poyezd “Nukus” vokzalidan haftaning seshanba, juma va yakshanba kunlari va “Beyneu” stansiyasidan dushanba, chorshanba va shanba kunlari joʻnatiladi.

    Harakat davomida ushbu poyezd Xoʻjayli, Qoʻngʻirod, Jaslik, Qoraqalpogʻiston stansiyalarida ham toʻxtab oʻtadi.

    Boshqa qoʻshni davlatlar bilan temir yoʻl yoʻnalishlarining qayta tiklanishi tomonlarning kelishuviga asosan bosqichma — bosqich ochilishi kutilmoqda, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.

    Shuningdek, xabar orqali qoʻshimcha maʼlumotlarni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkinligi maʼlum qilinadi.