Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Yunusobod tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar S.U. va B.A.lar fuqaro D.ga 200 000 AQSH dollari evaziga Toshkent viloyati, Oʻrmon xoʻjaligi tasarrufidagi 1 gektar yer maydonini vakolatli tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib olib berishni vaʼda qilib, oldindan kelishilgan pulning 10 foizini hisoblab 20 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.