Farmonga koʻra, vazirlik, idora, korxona, tashkilot, mahalliy davlat hokimiyati organlarida faoliyat olib borayotgan rahbar va xodimlarning antropometrik koʻrsatkichlarini (semizlik darajasi, vazn indeksi), boshqa oʻtkir kasalliklarni keskin kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash baholash mezonlarini ishlab chiqib, reyting asosida tahlil qilish hamda natijalarni onlayn kuzatib borish tizimi ishga tushiriladi.
Shuningdek:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli hududda:
- ommaviy sport bilan shugʻullanuvchilar sonining oshishiga;
- tarkibida tuz, qand va yogʻ miqdori koʻp boʻlgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini isteʼmol qilishni qisqartirishga;
- alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishdan voz kechishiga;
- semizlik va bevaqt oʻlim koʻrsatkichlari kamayishiga qarab ishiga baho berish boʻyicha reyting tizimi joriy etiladi.
Eslatib oʻtamiz, mazkur Farmon oʻtgan yili imzolangan edi.