Mazkur MTT 120 nafar bolani qamrab olish quvvatiga ega. Mashg'ulotlar xonasi, sport zali, o'yinchoqlar bilan jihozlangan ko'rkam xonalardan iborat bog'cha 1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni  arafasida bolajonlar uchun munosib sovg'a bo'ldi.

Zangiota tumanidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari soni yana bittaga ko'paydi.

“Nurli hayot” davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilish marosimida tuman hokimi Abdivahob Tamikayev ishtirok etdi hamda yig'ilganlarni samimiy tabrikladi.

Mazkur maktabgacha ta'lim tashkiloti 120 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, u yerda bolalarga 4 ta guruhda “Ilk qadam” davlat o'quv dasturi asosida ta'lim-tarbiya beriladi. Darslar rus, ingliz tillarida olib boriladi.

Shuningdek, ushbu hududda istiqomat qiluvchi xotin-qizlarning 10 nafarining mazkur muassasada bandligi ta'minlandi.

Piskent tumanining olis hududi hisoblangan “Chimqo'rg'on” MFYda 120 o'rinli yangi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Tumanning olis “Chimqo'rg'on” mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan 120 o'rinli 18-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi o'rinbosari Jamshid Babajonov ishtirok etdi.

Toshkent viloyati hokimligi

Axborot xizmati