- ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi;
- narkologiya boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi;
- sudlanganlik;
- manzil-maʼlumot axboroti;
- fuqaroning nomida shaxsiy uy-joy mavjud yoki mavjud emasligi;
- turar joyning maydoni;
- soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi;
- soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilganligi;
- pensiya va nafaqa miqdori;
- pensiya va nafaqa oluvchilar roʻyxatida mavjud yoki mavjud emasligi;
- nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi.
Bunda, davlat organlari va tashkilotlari mazkur hujjat va maʼlumotlarni tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab oladi.