Taʼkidlanishicha, Toshkent shahri tomon harakatlanayotgan, Xatirchi tumanida yashovchi, 1983-y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashina toʻxtatilib, koʻzdan kechirilgan. Tekshiruvlar natijasida avtomobilning salon qismida umumiy ogʻirligi 1 kg. 75 gr. boʻlgan 11 dona boʻlakdagi oltin borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Mutaxassislarning baholashicha, ushbu 999 probali oltinning qiymati 795 mln. soʻmni tashkil etadi.
Toshkent shahrida 1968-y.t. shaxs sof ogʻirligi 838 gr. boʻlgan yoqut qimmatbaho toshni 300 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, ushbu summadan 80 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, u mazkur qimmatbaho toshni 1960-y.t. fuqarodan olganligi aniqlanib, koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida u ham ushlangan.
Mutaxassislarning baholashicha, ushbu qimmatbaho toshning narxi 477 mln. 256 ming soʻmni tashkil etadi.
Hozirda har ikki holat yuzasidan mazkur shaxslarga va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 177-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.