Shunga koʻra, yangi joriy qilingan davlat xizmati bu yil davlat OTMga oʻqishga kirgan talabalarga Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali bepul elektron tarzda ariza yuborgan holda yotoqxonaga joylashish imkonini beradi.
Arizalar 23-avgustdan qabul qilinadi.
Talabalar yotoqxonasiga joylashish uchun taqdim etilgan yoʻllanma 10 kunga amal qiladi.
Shuningdek, ayrim toifadagi talabalar yotoqxonaga ustuvorlik asosida qabul qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, 2-kurs va undan yuqori kurs talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish anʼanaviy tarzda amalga oshiriladi.