Xususan, “Hududgaz Jizzax” gaz taʼminoti filiali tomonidan “Jizzax yoʻl qurish taʼmirlash” MCHJga asossiz qarzdorlik belgilangan.
Oʻrganishlarda mazkur MCHJning abonent kartasiga amalda sarflanmagan tabiiy gaz hajmlari kiritish orqali undirilgan 726 mln 314 ming soʻm mablagʻ asossiz ekani aniqlanib, tadbirkor foydasiga qayta hisob-kitob qilindi. Maxsus komissiya tomonidan gaz taʼminoti korxonasiga nisbatan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilib, tegishli koʻrsatma berildi.
Xuddi shu kabi, Jizzax shahridagi “Sofitel” MCHJ shaklidagi Oʻzbek-Xitoy qoʻshma korxonasining ham murojaati oʻrganib chiqildi.
“Hududgaz Jizzax” gaz taʼminoti filiali tomonidan tadbirkorlik subyektiga nisbatan asossiz ravishda belgilangan tarifni 2 baravari qoʻllanilishi natijasida 1 mlrd 107 mln 914 ming soʻm notoʻgʻri hisoblangani aniqlandi. Maxsus komissiya tomonidan belgilangan tartibda gaz taʼminoti korxonasiga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan va mazkur mablagʻlarni qoʻshma korxona foydasiga qayta hisob-kitob qilish boʻyicha tegishli qaror qabul qilinib, koʻrsatma berilgan.








