1-noyabrdan talabalarga shifoxonada ishlashga ruxsat beriladi

    Salomatlik 30 Oktabr 2022 2980

    Bu haqda “Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarorida belgilangan.

    Sogʻliqni saqlash vazirligi hokimliklar bilan birgalikda shifokorlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlagan holda barcha hududlarda mavjud vakant lavozimlarga talabalar, magistr va klinik ordinatorlarni ishga joylashtirish choralarini koʻradi.

    Bu haqda “Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarorida belgilangan.

    Hududiy tibbiyot muassasalaridagi shifokorlarga boʻlgan ehtiyoj aniqlanib, u yerga talabalarni joylashtirish birinchi bosqichda 2022-yil 1-oktyabrdan boshlab Surxondaryo viloyatida, ikkinchi bosqichda esa 2022-yil 1-noyabrdan boshlab respublikaning qolgan hududlarida boshlanadi.

    Tibbiy yoʻnalishda bakalavriat bosqichini bitiruvchi talabalarga tibbiyot muassasalarining tajribali shifokorlari va tibbiy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilarini biriktiriladi.