Dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to'g'ri kelganda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko'chiriladi.
Ya'ni, xodimlar 1 oktyabr bayram bo'lganligi uchun dam oladi, yakshanba dam olish kuni esa dushanbaga ko'chiriladi.
Shunda:
▫️5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 3 kun – 30 sentyabr (shanba), 1 oktyabr (yakshanba) hamda 2 oktyabr (dushanba) dam oladi.
▫️6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar esa 2 kun – 1 oktyabr (yakshanba) hamda 2 oktyabr` (dushanba) dam oladi.
Ushbu qoida barcha xodimlar uchun – xususiy korxonalarda ishlaydiganlar uchun ham, davlat ishida ishlaydiganlar uchun ham amal qiladi.
Uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko'rsatish, navbatchilik asosida ishlash zarurati bo'lgandagina dam olish kuni ko'chirilmaydi.
Ushbu qoida Prezidentning 2022 yil 23 dekabrdagi Farmonida ham belgilab qo'yilgan.