1 oyda qariyb 18 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan — “Hududiy elektr tarmoqlari“ AJ

    “Hududiy elektr tarmoqlari“ AJ hamda tizim tarkibidagi korxonalar Komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan joylarda yoqilgʻi-energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash va ularga nisbatan tegishli choralar koʻrish yuzasidan hududlarda tadbirlar oʻtkazilmoqda.

    Qayd etilishicha, oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida shu yilning yanvar oyi davomida Komplayens nazorat xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan reyd tadbirlari davomida qiymati 17 411,3 mln soʻmlik 10 051 619 ming kVt.soat elektr energiyasidan qonunga xilof ravishda foydalanish holati aniqlandi.

    Toʻplangan materiallar yuzasidan qayta hisob-kitob qilinib, hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.