Uchrashuv doirasida maktabgacha taʼlim tizimiga innovatsiyalar, ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, taklifi ilgari surildi.

“Edu Link” Koreya dasturi oʻzbek tomoniga begʻaraz taqdim etiladi. Dasturni amalga oshirishga qaratilgan investitsiyalarning umumiy miqdori 500 ming AQSH dollariga baholanmoqda.

Ushbu mobil dastur Oʻzbekiston sharoitiga moslashtiriladi, qiziqarlisi shundaki, mobil ilova maktabgacha taʼlim bilan bolalarni kengroq qamrovini oshiradi, shuningdek, ilovada animatsion videolar , 3-7 yoshli bolajonlarni chet tillari (ingliz, rus va koreys tillari) va matematikani oʻrgatish uchun qoʻshimcha sharoit va imkoniyatlar yaratadi.

Multimedia mazmunidagi dasturlarni Koreya tomoni oʻz hisobidan doimiy ravishda yangilab borish rejalashtirilgan.

Tavsiya etilgan mobil ilovaning oʻziga xosligi, pedagog tarbiyachilarni malakasini oshirishga qaratilgan, shuningdek, ota-onalarni maktabgacha taʼlim tizimidagi oʻquv jarayoniga jalb qilishga qaratilgan.

Muzokaralar natijasida tomonlar Hamkorlik Memorandumini imzolashga erishdilar. Joriy yilning 1-sentyabriga qadar loyihani sohaga tadbiq etish kelishildi.