12 turdagi oʻquv qurollari, jumladan portfel, daftar, rasm daftari, akvarel boʻyoqlari, rangli qogʻoz, qalamdon, sharikli ruchka, rangli va oddiy qalamlar, plastilin, yelim, oʻchirgʻichni oʻz ichiga olgan sovgʻalar dastlab Jizzax va Sirdaryo viloyatlariga yetib boradi. Yangi oʻquv yili boshlanguniga qadar mazkur sovgʻalar bosqichma-bosqich barcha maktablarga yetkazilib, oʻquv yilining ilk kuni oʻquvchilarga topshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, 2021-2022 oʻquv yilida 641 604 nafar oʻquvchilar maktablarning 1-sinflariga qabul qilinishi rejalashtirilgan.