Fuqarolar vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga turish yuzasidan oʻzlariga qulay boʻlgan tuman (shahar) ichki ishlar organlari yoki Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlari mumkin boʻladi.
Yer turi, konturi, chegarasi va huquq egalari haqidagi barcha maʼlumotlar Kadastr agentligining onlayn geoportaliga kiritiladi, onlayn geoportal Milliy geoaxborot tizimiga integratsiya qilinadi, yer balansi va uning hisoboti, tuman (shahar) yer kadastri daftari faqat Milliy geoaxborot tizimida yuritiladi, Davlat kadastrlari yagona tizimi Milliy geoaxborot tizimida shakllantiriladi.
“Oʻzgidromet” va “Meteoinfokom” xodimlarining lavozim maoshlarini hisoblashda Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashda tarif koeffitsiyenti ikki baravar oshirilgan holda qoʻllanadi, shuningdek, ushbu xodimlarga sohada uzoq muddat xizmat qilgani uchun oylik ustama haq toʻlanadi.
Aholi punktlarining bosh rejalari jamoat muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda tasdiqlanadi.
Yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish maqsadida:
- rieltorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 25 foizdan 13 foizgacha pasaytiriladi;
- qurilish korxonalariga hisobot davri uchun mehnatga haq toʻlash fondi jami miqdorining 10 foizidan oshmagan hajmda (ijtimoiy soliq summasini hisobga olmaganda) ish haqini naqd pulda toʻlash huquqi bilan shartnoma tuzmasdan muddatli ravishda ishchilar yollashga ruxsat beriladi.
- Barcha auksion savdolari natijalari QR-kodni qoʻllash orqali rasmiylashtiriladi.
- Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda ham “Manzil” tizimi orqali amalga oshiriladi.
- Qurilish sohasidagi davlat xaridlari tartibida oʻzgarishlar boʻladi.