10 aprel - "Opera" brauzeri 30 yoshda

    "Opera" brauzeri 1993-yil Norvegiyaning "Telenor" telekommunikasiya kompaniyasi mutaxassislari Stefenson fon Techner va Geyr Ivarsyoyga tomonidan ishlab chiqilgan.

    Avvaliga kompaniya ichki tizimi uchun mo‘ljallangan "Opera" brauzerining birinchi avlodi "MultiTorg" o‘sha davrdagi mashxur "Mosaic" brauzeridan ko‘ra bir qancha afzalliklarga ega bo‘lgan.

    1995-yilda kompaniyani tark etgan mutaxassislar o‘zlarininig "Opera Software AS" deb nomalangan kompaniyalarini tashkil qilishib, "Opera MultiTorg 1.0" ommaga taqdim etilgan.

    "Opera" o‘zining veb-sahifa va hujjatlarni ko‘rishda qulayligi, katta tezligi hamda eng kam hajmga egaligi sababli barchaga ma’qul keladi.

    2001-yilga kelib "Opera" brauzeri birinchi raqamli "Internet Explorer" bilan raqobatlasha boshlaydi.

    2006-yilda chiqarilgan "Opera 9.5" 12,5 mln. foydalanuvchi tomonidan yuklab olinib, foydalanuvchilarning fikriga ko‘ra, u "Firefox 2" va "Internet Explorer 7" brauzerlaridan ikki baravar samaraliroq ishlagan.

    2016-yilda "Opera" Xitoyning "Qihoo 360" kompaniyasiga 600 million AQSH dollariga sotib yuborilgan.