Bu haqda Istanbuldagi Bosh konsulxona deb xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, 2005-yilda tugʻilgan Zohirjonov Umid Dilshod oʻgʻli bir qator onlayn firibgarlik jinoyatlarini sodir etib, 10 dan ortiq fuqaroning mablagʻini oʻzlashtirgan. U xalqaro qidiruvda boʻlgan.
Ushbu shaxsning noqonuniy xatti-harakatlari oqibatida jabrlangan fuqarolardan Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligiga yoki uning hududiy boʻlinmalariga, shuningdek Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilishlari soʻraladi, deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, jumladan, Turkiyada yashiringan har bir shaxsga nisbatan jinoiy taʼqib izchil davom ettirilishi va “jinoyat uchun javobgarlik” tamoyili qatʼiy taʼminlanadi.
Shuningdek, soʻnggi vaqtlarda turli firibgarlik holatlari boʻyicha Istanbuldagi Bosh konsulxonaga kelib tushayotgan murojaatlar koʻpaygani qayd etildi. Fuqarolar firibgarlar tuzogʻiga tushib qolmaslik uchun hushyorlikka chaqirildi.








