10-iyuldan subsidiya uchun arizalar qabul qilish boshlanadi

    Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar olish uchun arizalarni qabul qilish 10-iyul kuni soat 9:00 dan boshlanadi, deb xabar qildi Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati.

    Arizalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali topshirish mumkin.

    Talablar:

    Ariza beruvchi va/yoki kafilning oʻrtacha daromadi quyidagicha boʻlishi kerak:

    • Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — eng kam ish haqining 2,7 baravaridan (3,118 million soʻm) 8 baravarigacha (9,24 million soʻm);
    • Toshkent shahri — eng kam ish haqining 2,7 baravaridan (3,12 million soʻm) 9,2 baravarigacha (10,63 million soʻmgacha).

    Ariza beruvchi va turmush oʻrtogʻi nomida uy-joy boʻlmasligi lozim.

    Ijtimoiy himoyaga muhtojlar uchun alohida mezonlar mavjud.

    Eslatma: Subsidiya olish uchun ariza beruvchining ijtimoiy mezonlar asosida kamida 30 ball toʻplagan boʻlishi lozim.

    Subsidiya olishga ariza qoldirish uchun quyidagi manzillarga murojaat qilish lozim:

    • davlat xizmatlari markazlariga.
    • my.gov.uz portali orqali onlayn.

    Dastlabki toʻlovni qoplash uchun subsidiyalar va foizlarning bir qismi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan besh ish kuni ichida toʻlanadi. Ilgari toʻlovlar hisobot oyining 25-kunidan oldin amalga oshirilardi.

    2025-yilda 8,1 million kvadrat metr maydonga ega 135 ming xonadon qurish rejalashtirilmoqda.