Maʼlum boʻlishicha, u mahalliy fuqaroga nisbatan sud tomonidan tayinlangan 2-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻzining sud tizimidagi tanishlari orqali ozodlikni cheklash jazosiga oʻzgartirib berishni vaʼda qilgan.
Advokat ushbu xizmat evaziga 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.