10 ming tonna sanoat chiqindisi xom ashyo sifatida sotildi

    Sanoat 28 Fevral 2024 1058

    “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqarma va korxonalar tomonidan oʻtgan yili shartnomalar asosida 9514,18 tonna sanoat chiqindilari 14599,23 million soʻmga foydalanishga topshirildi.

    Bu haqda “Oʻzbekneftgaz” AJ Axborot xizmati maʼlum qildi.

    Taʼkidlanishicha,

    • Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi 1331,18 tonna,
    • Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 598,1 tonna,
    • Muborak gazni qayta ishlash zavodi 1066,7 tonna,
    • “Uz-Kor Gas Chemical” qoʻshma korxonasi 2412,92 tonna sanoat chiqindilarini shartnoma asosida qayta foydalanish uchun yetkazib berildi.
    • Natijada atrof-muhitga salbiy taʼsirning oldi olinib, chiqindilarni joylashtirganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari kamaytirildi.

    Hozirda “Oʻzbekneftgaz” AJda boshqa turdagi ishlab chiqarish chiqindilarini ikkilamchi foydalanishga sotish imkoniyatlari koʻrib chiqilmoqda.