Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishida 10 nafar sudyani intizomiy jazoga tortishga rozilik berildi.
Ularning barchasi odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonunchilikni buzgani, shuningdek, sud ishini tashkil etishdagi beparvoligi uchun shunday choraga loyiq, deb topildi. Jazosi naqd bo‘lganlarning 7 nafari fuqarolik, 2 nafari jinoyat va 1 nafari iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlar sudyalari hisoblanadi.