Respublikamizda 2021-yilning yanvar–oktyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 57,1  milliard kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.

Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 4,9 milliard kVt soatga oshgan. Oʻsish surʼati 9,4 foiz.

Jami elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining jami hajmida:

Toshkent viloyati – 23,2 foiz;

Sirdaryo viloyati – 22,2 foiz;

Qashqadaryo viloyati – 19 foiz;

Navoiy viloyati – 16,1 foiz, deb maʼlumot beradi Davlat statistika qoʻmitasining matbuot xizmati.