Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston 14 ta xorijiy davlatlarga qiymati qariyb 30 million AQSH dollariga teng boʻlgan oyoq kiyimlar eksport qilgan. Oyoq kiyim eksporti oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 million AQSH dollariga kam. 

2021-yilning 10 oyida Oʻzbekiston eng koʻp oyoq kiyim eksport qilgan davlatlar:

Qirgʻiziston Respublikasi – 16,5 million;

Qozogʻiston – 7 million;

Tojikiston – 4,5 million;

Rossiya – 861 ming;

Afgʻoniston – 631 mingAQSH dollari.

2021-yilning 10 oyida xorijiy davlatlarga eng koʻp oyoq kiyim eksport qilgan hududlar:

Andijon viloyati – 12,8 million;

Samarqand viloyati – 6,5 million;

Fargʻona viloyati – 6 million;

Toshkent viloyati – 1,9 million AQSH dollari.