Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekistonga jami 5,5 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan.
Ularning safar maqsadlari quyidagicha:
qarindoshlarni yoʻqlash — 4 mln 652,6 ming kishi;
boʻsh vaqt va dam olish — 659,9 ming kishi;
xizmat yuzasidan — 115,9 ming kishi;
davolanish — 50,3 ming kishi;
tijorat — 51,9 ming kishi;
oʻqish maqsadida — 14,7 ming kishi.
Avvalroq Oʻzbekistonga 7 oyda dam olish maqsadida qancha turist kelgani ochiqlangan edi. 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami 3,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgandi.
Shundan 397,3 ming nafari dam olish maqsadida Oʻzbekistonga kelgan. Oʻzbekistonga 7 oyda eng koʻp dam olish maqsadida tashrif buyurgan davlat fuqarolari Rossiya (137,2 ming nafar)ga toʻgʻri kelgan.