Ushbu reyting dunyo boʻyicha har yili Osiyo davlatlaridagi universitetlarni tadqiqot, taʼlim sifati, xalqaro xilma-xillik, iqtiboslik va sanoat daromadi (bilimlar almashish) boʻyicha baholaydi.
Roʻyxatdan oʻrin egallagan 10 ta oliy taʼlim muassasasi THE ning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tan olinib, mazkur yoʻnalishda reyting agentligi ularga yaqindan yordam beradi.
Maʼlumot oʻrnida, joriy yil ushbu reytingda 829 ta universitet qayd etilib, ular orasida 625 ta oʻrin va 200 dan ortiq universitetlar “reporter”, yaʼni daʼvogar universitetlar nominatsiyasiga ega boʻlishdi.