Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXXning Angren shahar boʻlimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “S.» MCHJ rahbari D.I. va fuqaro A.S.lar oldindan til biriktirib, tegishli hujjatlari boʻlmagan 10 tonna spirt mahsulotini har bir litrini 28 ming soʻmdan hisoblab fuqaro Oʻ.ga 280 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.